KXDR mamlakat rahbariyati lozim deb hisoblagan paytda navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xan Son Ryol AP agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, u Koreya yarimorolida yuzaga kelgan vaziyatni og‘ir deb atagan va mazkur so‘zlari yuzasidan tushuntirish bermagan.
Xan Son Ryol, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi “agressiv” xabarlari bilan ko‘ngilsizliklarni yuzaga keltirayotganligini ta’kidladi. Agentlik avvalroq Amerika rahbari Twitter’dagi sahifasida “Shimoliy Koreya ko‘ngilsizliklar axtarayotganligi” haqida yozib qoldirganligini eslatib o‘tadi.
Bundan tashqari, Xan Son Ryol AQShning KXDR bo‘ylab oldini oluvchi zarbalari oldida Shimol qo‘l qovushtirib o‘tirmasligini ma’lum qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)