Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki o‘yinida “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Lester”ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin Kreyg Shekspir va Diyego Simeone o‘yin borasida to‘xtalib o‘tdi.
Albatta, imkoniyat saqlanib qolgan. Oldinda qiyin vazifa turibdi, turnirda ishtirok etishni davom ettirishni istaymiz. Biz uyda kuchlimiz va muxlislarimiz YChL o‘yinlarini yaxshi ko‘radi. Ues Morgan javob o‘yiniga qadar tiklanishiga umid qilib qolamiz.Kreyg Shekspir, “Lester” bosh murabbiyi
Grizmann – ajoyib futbolchi, u maydonning qaysi pozitsiyasida o‘ynashini ham bilmayman. U maydonning barcha qismlarida ishlaydi. Antuan markaziy hujumchi sifatida gol uradi, yarim himoyachi sifatida golli uzatmalar beradi, himoyada ham munosib harakat qiladi. Mavsum yakuni muhim, u buni yaxshi tushunib turibdi.
Mavzuga doir: “Bavariya” — “Real” uchrashuvi taqdirini Ronaldu hal qildi. O‘yindan so‘ng murabbiylar nimalar dedi?
Izoh (0)