Eronning shimoli-sharqidagi Xuroson Rizoviy viloyatida 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Fars agentligi xabar bermoqda.
Mashhad shahridan 80 kilometr uzoqlikda qayd etilgan epimarkazda beshta qishloq joylashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ofat hududida bir necha yuz kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Taxminiy vayronagarchiliklarni baholash maqsadida voqea joyiga uch guruhdan iborat mutaxassislar yuborildi. Barcha qutqaruv xizmatlari tayyorgarlik holatiga keltirildi.
Jarohat olgan va jabrlanganlarni kutib olish uchun mahalliy shifoxonalar tayyor turibdi. Halok bo‘lganlar va yetkazilgan zararlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
Eron milliy seysmologiya xizmati yaqin orada takroriy silkinishlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)