O‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayev Yaponiya Jey ligasidagi birinchi golini urdi.
Mamlakat chempionatining 5-turida Musayev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z maydonida “Shimizu Plas” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘z vaqtida “Nasaf”, “Mash’al”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” kabi klublar sharafini himoya qilgan futbolchi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U, shuningdek, 23-daqiqada qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Jubilo Ivata” ochkolari sonini 7 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yaponiya Jey ligasi 5-tur 1-aprel, shanba
“Jubilo Ivata” — “Shimizu Plas” 3:1
Gollar: Morishita, 6 (1:0). Fozil Musayev, 37 (2:0). Kavabe, 48 (3:0). Taye Se Jong, 90+4 (3:1).Ma’lumot uchun, Fozil Musayev O‘zbekiston milliy termasini Samvel Babayan qabul qilib olganidan buyon bosh jamoaga chaqirilmaydi. U Yaponiya chempionatida to‘p surayotgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.
Izoh (0)