“Obod” — “Bunyodkor” o‘yinidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etgan Sergey Lushchan jurnalistlar savollariga javob qaytardi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
28-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. 30-mart kuni esa chempionlik uchun kurash olib borishi taxmin qilingan “Bunyodkor” Oliy liga doirasida maydonga tushdi. Klub rahbariyati uchrashuvni boshqa kunga ko‘chirishni so‘rab PFLga murojaat qilmadimi?
Biz bu borada O‘FFga murojaat qildik. Ular esa “Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqishini kutmaganliklari haqida aytishdi. Mayli, nima ham derdik.Qayd etish kerak, “Bunyodkor”ning “Nasaf”ga qarshi bitta o‘yini PFL taqvimi sabab allaqachon boshqa kunga ko‘chgandi. Har ikki klubning guruh bosqichidan qolib ketishidan umid qilgan PFL, ularning o‘zaro o‘yinini OChL uchrashuvlari bor kunga tayin qilgandi.28-mart kuni terma jamoa o‘ynamoqda, 30-martda esa “Bunyodkor”. Faqat bizda shunday bo‘lishi mumkin.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Biz shundoq ham “Nasaf”ga qarshi o‘yinni boshqa kunga ko‘chirdik. Chunki o‘sha kuni OChLda o‘ynashimizga to‘g‘ri kelib qolgandi. “Obod”ni ham ko‘chirganimizda, qaysi kunlari o‘ynardik?!Qayd etish kerak, terma jamoaga futbolchilarini bergan “Paxtakor”ning O‘zbekiston kubogidan joy olgan “Nurafshon”ga qarshi o‘yini boshqa kunga qoldirib berilgandi. “Bunyodkor”ning o‘yini nima sababdan surilmagan — ma’lum emas.Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Izoh (0)