AQShda baptist cherkovi avtobusining pikap bilan to‘qnashuvi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohat oldi. Bu haqda FoxNews telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi Texas shtatida, San-Antonio shahrining g‘arbiy qismida sodir bo‘ldi. Avtobus ichida 14 kishi bo‘lgan edi. Jarohatlanganlar orasida pikap haydovchisi ham bor. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
To‘qnashuv sodir bo‘lgan trassa ma’lum muddatga berkitildi. Avtobus ichida bo‘lganlarning aksariyati katta yoshdagi baptist cherkoviga qatnaydigan dindorlar edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)