• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qizil shahodatnoma” faqat 8—9-sinflardagi a’lo ko‘rsatkichlar uchun beriladi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (pdf) bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma. Shu paytgacha amal qilgan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Nizomda bir qator yangiliklar bor. Masalan, umumta’lim muassasalarining qanday turlari tashkil etilishi mumkinligi keltirilgan:

    • boshlang‘ich maktab (o‘qitish muddati 4 yil: I — IV sinflar);
    • umumiy o‘rta ta’lim maktabi (o‘qitish muddati 9 yil: I — IX sinflar);
    • ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati 9 yil: I — IX sinflar);
    • ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati 5 yil: V — IX sinflar);
    • futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati 5 yil: V — IX sinflar);
    • jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat) (o‘qitish muddati 9 (10) yil: I — IX (X) sinflar);
    • sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati 9 yil: I — IX sinflar);
    • alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati zaruriyatga ko‘ra).
    Ta’lim turlarining uzviyligini ta’minlash maqsadida o‘quv-tarbiya majmualari tashkil etilishi mumkin.

    Shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning o‘zida umumiy o‘rta ta’lim berish tashkil etiladi.

    Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Bundan tashqari, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallari tashkil etiladi.

    Umumta’lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi.

    Boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasining holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi boshqaruv organlari) hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlarining takliflariga ko‘ra, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari asosida o‘quvchilarining soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.

    O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

    • o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
    • o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I sinflar uchun 5 kun);
    • dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
    • dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 — 30 daqiqa).
    Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

    Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

    O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

    • kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
    • qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
    • bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
    • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
    Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

    I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

    Umumta’lim muassasasini tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, VIII — IX sinflardagi o‘qishi davrida (avval V — IX sinflardagi edi) faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.

    Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash va uni berish tartibini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

    Eksternat to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

    Bolalarni umumta’lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:

    • ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
    • ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);
    • bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
    • bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
    • bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;

    24.03.2017, 10:02   Izoh (0)   34635
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Milliy TV” ilovasi App Store’da eng ommabop ilovalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

    24.03.2017, 09:00

    Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv rejali asosda o‘chiriladi

    24.03.2017, 08:54

    Toshkentdagi kasb-hunar kollejida past davomatni yashirish holati aniqlandi

    24.03.2017, 07:35

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuchli yog‘ingarchilik va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin

    23.03.2017, 22:34

    Dehlida O‘zbekiston—Hindiston siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

    23.03.2017, 22:22

    Suriyaga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga safari, Londonda terakt uyushtirgan IShID va kuning boshqa muhim xabarlari

    23.03.2017, 20:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46

    Ohangaron shahar hokimligi mansabdori qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 08:31

    Moskvada ozarbayjonlik “qonundagi o‘g’ri” qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 4 iyul, 08:24

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.