21-mart kuni Tataristonning Xalqlar do‘stligi uyida II “O‘zbekiston go‘zali 2017” go‘zallik va iste’dod tanlovi finali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “1news.uz”. Bu yil O‘zbekiston go‘zali nomi uchun Qozonning turli o‘quv muassasalarida ta’lim oluvchi olti ishtirokchi bellashdi.
Tanlov vizitka, intellektual viktorina va ijodiy chiqish kabi uchta bosqichdan iborat bo‘ldi. Tanlov hay’ati rolini Tatariston Respublikasi o‘zbeklarining milliy-madaniy muxtoriyati rahbari Abdumanob Abdusattorov, “O‘zbekiston go‘zali 2016” tanlovi g‘olibi Sabina Musayeva, qo‘shiqchi Kamilla Dayanova, Tatariston xalqlari assambleyasi kengashi ijroiya qo‘mitasi rahbari Nikolay Vladimirov bajardi.
Tanlovning har bir ishtirokchisi alohida yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topildi:
“Miss latofat” — Kamilla Yo‘ldosheva
“Miss joziba” — Dinora Habibullina
“Miss tarovat” — Zamira Fozilova
“Miss intellekt” — Kumushoy Mahmudova
“Miss iste’dod” — Dinora Malyukova
“Tomoshabinlar yoqimtoyi” — Asiya Sodiqova.
Gran-pri mukofotini, shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyurish hamda “Dunyo javohiri 2017” talabalar tanlovida ishtirok etish huquqini Asiya Sodiqova qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)