Nyu-Dehlida 23-mart kuni O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston delegatsiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchilik qiladi.
Delegatsiya tarkibi va unga aynan kim boshchilik qilishi haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.
Avvalroq mazkur maslahatlashuvlar doirasida “ikki davlat hamkorligiga qo‘shimcha turtki hamda uzoq muddatli O‘zbekiston—Hindiston strategik sherikchiligining yangi yo‘nalishlarini belgilab beradigan masalahalar muhokama qilinishi kutilayotgani” aytilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)