AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida KXDR bilan munosabatlar o‘rnatilishida Xitoy rahbariyati tomonidan yetarlicha yordam berilmaganidan noroziligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Shimoliy Koreya o‘zini juda yomon tutmoqda. U AQShni yillar davomida o‘yin qildi. Xitoy yordam berish uchun kam ish qildi!” — dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Amerika KXDR bilan harbiy mojaroga borishni xohlamayotganini, biroq vaziyat taqozo etsa, bu holat yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)