Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh armiyasi generali Devid Perkins harbiy simpoziumdagi chiqishida mamlakatning ittifoqdoshlaridan biri arzon uchuvchisiz uchar qurilma – kvadrokopterni 3 million dollarlik raketa bilan urib tushirganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Perkinsning aytishicha, AQShning “juda yaqin ittifoqdoshi” uchuvchisiz uchar qurilmani urib tushirish uchun Patriot zenit-raketa majmuasidan foydalangan. Bunday majmuaning bitta raketasi 3 million dollarga teng ekani ta’kidlanmoqda.

Bu ish berdi. “Amazon.com”dan 200 dollarga xarid qilingan kvadrokopterning Patriot’ga qarshi imkoniyati yo‘q edi.

Devid Perkins, AQSh armiyasi generali

General AQShning qaysi ittifoqdoshi haqida so‘z borgani va hodisa qachon ro‘y berganiga aniqlik kiritmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi