Italiya A seriyasining 28-turi “Yuventus”ning “Milan” ustidan qozongan g‘alabasi bilan start olgandi. 12-mart kuni qolgan klublar o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash olib borayotgan “Inter” sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan “Atalanta”ga qarshi kunning markaziy o‘yinida maydonga tushib, 7:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda Mauro Ikardi hamda Ever Banega xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
“Yuventus”ni ta’qib qilishda davom etayotgan “Napoli” hamda “Roma” klublari ham yirik g‘alabalarni tantana qildi. Bir tur avval “Roma” o‘z maydonida aynan “Napoli”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Mazkur tur bugun — 13-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Latsio” — “Torino” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.
Italiya A seriyasi 28-tur 12-mart, yakshanba
“Sassuolo” — “Bolonya” 0:1
Gol: Mattiya Destro, 58 (0:1).“Inter” — “Atalanta” 7:1
Gollar: Mauro Ikardi, 17 (1:0). Mauro Ikardi, 23-pen (2:0). Mauro Ikardi, 26 (3:0). Ever Banega, 31 (4:0). Ever Banega, 34 (5:0). Remo Froyler, 42 (5:1). Roberto Galyardini, 52 (6:1). Ever Banega, 68 (7:1).“Kyevo” — “Empoli” 4:0
Gollar: Roberto Ingleze, 22 (1:0). Serjio Pellisye, 40 (2:0). Valter Birsa, 75 (3:0). Boshtyan Tsesar, 89 (4:0).“Napoli” — “Krotone” 3:0
Gollar: Lorentso Insinye, 32-pen (1:0). Dris Mertens, 66-pen (2:0). Lorentso Insinye, 70 (3:0).“Peskara” — “Udineze” 1:3
Gollar: Duvan Sapata, 20 (0:1). Yakup Yankto, 51 (0:2). Siril Tero, 55 (0:3). Salli Muntari, 84 (1:3).“Fiorentina” — “Kalyari” 1:0
Gol: Nikola Kalinich, 90+2 (1:0).“Palermo” — “Roma” 0:3
Gollar: Stefan El-Shaaravi, 22 (0:1). Edin Jeko, 76 (0:2). Bruno Peres, 90+1 (0:3).13-mart, dushanba“Latsio” — “Torino”
Izoh (0)