AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaga nisbatan siyosatida kutilmagan talabchanlikni oshirdi. Bu esa Vashingtonning Yevropadagi ittifoqchilari tomonidan ma’qullanmoqda. Mazkur baholash The Wall Street Journal’da chop etilgan maqolada keltirilmoqda, deb yozadi “TASS”.
Maqolada ma’lum qilinishicha, Trampning AQSh saylovlaridagi g‘alabasi Rossiyada xursandchilik, Yevropada esa xavotirni yuzaga keltirdi, biroq endi ushbu kayfiyat o‘zgarmoqda.
“Tramp saylov kampaniyasi va hukumatni topshirish davrida Rossiya bilan murosasozlik kayfiyatida fikrlar bildirib, NATO va boshqa alyanslarni tanqid qildi. Biroq lavozimga kirishgandan so‘ng Kremlga nisbatan keskin munosabat tarafdorlari bo‘lgan bir qator yordamchilarni tayinladi. Shuningdek, Tramp NATOni qo‘llab-quvvatlovchi fikrlarni ko‘proq bildira boshladi”, — deyiladi gazetada.
“Biz yagona pozitsiyani ishlab chiqish bo‘yicha katta progressga erishdik”, — deydi Yevropa diplomatlaridan biri.
Izoh (0)