LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya prezidentining asosiy qarorgohini Moskva Kremlidan boshqa joyga ko‘chirish va yangi bino qurishni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jirinovskiyga ko‘ra, mazkur g‘oya partiyaning 2018-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi tashabbuslaridan biriga aylanadi.
“Rossiyada prezidentlik sayloviga qadar bir yil vaqt qoldi, boshqa bandlarni saylovoldi dasturiga keyinchalik kiritamiz. Kremlni bo‘shatib, prezident qarorgohini boshqa yaxshiroq joyga ko‘chirish kerak. Kreml — ulkan muzey, bu yerga millionlab sayyoh kelishi mumkin”, — deya ta’kidladi LDPR yetakchisi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)