Dunyoning eng go‘zal manzarali restoranlari (fotogalereya)
Shunday restoranlar borki, mazali taomlari va a’lo darajadagi servisga qaramay, tomog‘ingizdan bir bo‘lak ham ovqat o‘tmaydi — ular shunchalik chiroyli joylarda joylashgan, deb yozadi AdMe.
Grotta Palazzese, Bari, Italiya — dengiz qirg‘og‘idagi tik qoyalarda paydo bo‘ladigan sun’iy g‘orda joylashgan.
Restaurant le Panoramic, Shamoni, Fransiya — Fransiyaning Alp tog‘larida dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan.
Ithaa Undersea Restaurant, Maldiv orollari — suv ostida, 5 metr chuqurlikda joylashgan.
Ali Barbour’s Cave Restaurant, Diano Bich, Keniya — ochiq tomli g‘orda joylashgan.
The Sierra Mar Restaurant, Kaliforniya, AQSh — tabiiy qo‘riqxonadagi qoya ustida joylashgan.
The River Café, Nyu-York, AQSh
The Samaya Villas Bali, Bali, Indoneziya — okean sohilida joylashgan.
Le Jules Verne, Parij, Fransiya — 124 metr balandlikda, naq Eyfel minorasining o‘zida joylashgan.
Skyline Restaurant, Kuinstaun, Yangi Zelandiya — sakrash uchun mo‘ljallangan balandlikda joylashgan.
Delaire Graff Restaurant, Stellenbos, JAR — Simonsberg tog‘i va Esteyt uzumzorlariga qaragan restoran.
Izoh (0)