Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasidan Mirobod bozorigacha bo‘lgan ko‘cha bo‘ylab joylashgan kafe va kabobxonalar buzilmoqda. Bu haqda “Pisma o Tashkente” nashri Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga tayanib xabar bermoqda.
Mirobod bozori qarshisidagi yemakxonalarning buzilishi guruh a’zolari o‘rtasida ikki xil munosabatni keltirib chiqardi, deb yozadi nashr. Ba’zilar: “Va nihoyat!” — deya voqeadan mamnun bo‘lgan bo‘lsa, boshqalar sevimli yemakxonasidan ayrilgani tufayli norozi bo‘lgan.
Izoh (0)