Amerikaning SpaceX kosmik kompaniyasi rahbariyati 2018-yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Parvozda ikki nafar sayyoh ishtirok etishi ta’kidlanmoqda.
“Ikki nafar fuqaro SpaceX bilan kelgusi yilning oxirida Oy atrofida sayohat qilish bo‘yicha muzokaralar olib borganligini ma’lum qilishdan xursandmiz. Ular Oyga parvozni amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda oldindan to‘lovni amalga oshirdi”, — deyiladi kompaniya press-relizida.
SpaceX parvoz doirasida Oy yuzasiga qo‘nish ko‘zda tutilmaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniyaning aniqlik kiritishicha, parvoz Falcon Heavy tashuvchi raketasi yordamida Dragon 2 kemasida amalga oshiriladi.
Izoh (0)