Shimoliy Koreyaning Malayziyadagi elchixonasi KXDR yetakchisi akasi Kim Chon Nam o‘limida gumon qilinayotgan 3 kishini “zudlik bilan ozod qilish”ga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Elchixonaga ko‘ra, KXDR, Vyetnam va Indoneziya fuqarolari “hech qanday asossiz” qo‘lga olingan.
Hozirda Kim Chon Nam o‘limi ishi bo‘yicha 8 nafar gumonlanuvchi bor. Ulardan yarmi — vyetnamlik va indoneziyalik ayollar, ularning malayziyalik tanishi, shuningdek, Shimoliy Koreya fuqarosi qo‘lga olindi.
Yana 4 nafar gumonlanuvchi — KXDR fuqarolari hodisa kuni Malayziyani tark etdi va ayni paytda Pxenyanda ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)