AQShda olti yoshli bolaning qotilini jinoyatdan qariyb 40 yil o‘tganidan keyingina jazoga hukm qilishdi, deb yozadi The New York Times.
Nyu-York shtati Oliy sudi maslahatchilari 56 yoshli Pedro Ernandesni odam o‘g‘irlashda va qotillikda aybdor deb topdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Itan Pats 1979-yil 25-mayda Nyu-York shahrida maktab avtobusi to‘xtaydigan bekatdan uyiga ketishda yo‘qolib qolgan. Uning jasadini topa olishmadi.
Maslahatchilar o‘sha vaqtda do‘kon omborida ishlagan Ernandes bolani savdo muassasasi yerto‘lasiga aldab chaqirib, bo‘g‘ib o‘ldirgani haqidagi ayblov dalillariga qo‘shildi. Ayblovchi tomonda faqat ayblanuvchining e’tirofi bor edi xolos, uning aybdorligini isbotlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar mavjud emasdi.
Advokatlar Ernandes shaxsiyat kasalligidan azob chekishi hamda xayolot va reallik o‘rtasidagi farqni yaxshi anglamasligini, shu tufayli, uning da’vosi sud tomonidan qabul qilina olmasligini isbotlashga harakat qilgan. Shuningdek, himoya tomoni Patsni uni maktabga olib borish va uyga qaytarib olib kelish uchun yollangan ayolning tanishi o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilgan edi. Ammo bu versiya tergovda o‘z isbotini topmadi.
Pedro Ernandes maksimal jazo — 25 yillik qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)