AQSh Janubiy Koreyaga KXDR harbiy tahdidiga qarshi turish uchun mamlakat qirg‘oqlariga Zumwalt ko‘rinmas esminetsini yuborishni taklif etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur taklif AQShning Tinch okeanidagi qo‘mondonligi rahbari Garri Xarris tomonidan norasmiy tarzda bildirildi. Taklif rasman yetkazilgan taqdirda Seul uni sinchiklab o‘rganib chiqadi.Vakil so‘zlariga ko‘ra, admiral esminetsni Jeju orolidagi Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari bazasida joylashtirishni taklif etgan.Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi vakili
Kuzatuvlar ushbu qadam Osiyo-Tinch okeani mintaqasida vaziyat yanada taranglashishi, xususan, Xitoy tomonidan keskin munosabat bildirilishiga olib kelishini ta’kidlamoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)