Yaponiya “Konotori-6” uchuvchisiz yuk kemasining Yer orbitasini kosmik chiqindidan tozalashga birinchi urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda 31-yanvar, seshanba kuni NHK televideniyesi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Chiqindini tozalash bo‘yicha tajriba o‘tkazishga muvaffaqiyatsiz urinish 28-yanvar kuni yuz berdi. Xalqaro kosmik stansiyadan ajralib chiqqan “Konotori-6” elektr razryadlari o‘tuvchi 700 metrlik maxsus quvurlarni chiqara olmadi. Mazkur quvurlar Yerning magnit maydoni bilan o‘zaro bog‘lanish orqali kosmik kemaga atmosferaga kirish va undan chiqish imkonini beradi. Shuningdek, kemaning to‘xtashiga yordam beradi.
Orbitani chiqindilardan tozalash bo‘yicha keyingi urinish 4-fevralga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda.
BMT ekspertlarining baholashicha, Yer sayyorasi ustida jami vazni 5000 tonnagacha bo‘lgan 300 mingga yaqin turli foydalanilmaydigan sun’iy obyekt aylanib turibdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.