• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rossiya futbol ittifoqi prezidentligiga nomzod bo‘lgan Alisher Aminov O‘zbekiston futbolini tanqid qildi va unga yordam berishga tayyor ekanini aytdi

    Rossiyaning “Mk.ru” nashri Rossiyada faoliyat olib borayotgan futbol mutaxassisi va tahlilchisi Alisher Aminovning maqolasini chop etdi. O‘zbekistonda tavallud topgan Aminov 2010-yil Rossiya futbol ittifoqi prezidentligi uchun nomzod bo‘lgandi. Biroq keyinchalik tashkilot prezidentligi Vitaliy Mutkoga nasib qilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘z maqolasida Alisher Aminov O‘zbekiston futboli va undagi muammolarga to‘xtalib o‘tgan. Bunda u vaziyatni MDH mamlakatlaridagi holat fonida tushuntirishga harakat qilgan.

    Sobiq Ittifoq mamlakatlarida futboldagi ahvol bir-biriga o‘xshash. Bunda asosiy jihat hokimiyatning futbolga aralashuvida ko‘rinadi. Muammolar ildizi shundan boshlanadi va bu oxir-oqibat sportdagi natijaga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Yaqindan bilganim uchun mazkur holatni O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqaman.

    Muammolar tizimli harakterga ega. O‘zbekiston futbol federatsiyasiga 1991-yildan buyon asosan davlat amaldorlari rahbarlik qilib keldi. Faqatgina Osiyo qit’asining o‘zida shunga o‘xshash mamlakatlar o‘ndan ziyodni tashkil qiladi. FIFA esa so‘nggi yillarda bu kabi muammolarga panja ortidan qaradi. Tashkilot o‘z nimzomlariga ters o‘laroq milliy assotsiatsiyalar ishiga davlat organlarining aralashuvini ko‘rmaganlikka oldi.

    Bunda saylovlarni bemalol qo‘shtirnoq ichiga olish mumkin. Federatsiya prezidentini futbol jamoatchiligi emas, balki davlatning o‘zi tanlab beradi. Bu kabi holat Sobiq Ittifoq mamlakatlarining deyarli hammasida kuzatiladi. Jumladan, O‘FFda ham demokratik prinsiplar va jamoatchilik fikri shakllangan deb bo‘lmaydi.

    Alisher Aminov, futbol mutaxassisi

    Aminovning fikriga ko‘ra, futboli rivojlangan mamlakatlar biroz boshqa yo‘ldan yurmoqda.
    Demokratiya va oshkoralik samarali faoliyatning asosiy mezonlaridir. Futboli rivojlangan mamlakatlar o‘z ishini aynan shu prinsiplar asosida tartibga soladi. U yoki bu muammo avvaliga ichshi guruhlar yordamida ko‘rib chiqiladi, keyinroq esa muhokama uchun qo‘mitaga taqdim etiladi. Yakunda o‘sha masala qo‘mita yig‘ilishida o‘rganiladi. Bunda tashkilot prezidentining ovozi qolganlarniki kabi faqatgina 1 taga teng, ortiq emas.

    O‘FFda esa so‘nggi vaqtlarda bunday bo‘lmadi. Kadrlar tanlovi, xususan, milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasini ham shaxsan tashkilot prezidentining o‘zi hal qildi. Taklif kiritishi va prezident uni tinglashi kerak bo‘lgan murabbiylar uyushmasi esa shunchaki dahlsiz sinf sifatida qolib ketaverdi. Shunga qaramay, salbiy natijalar uchun prezidentning o‘zi emas, balki mutaxassislar balogardon bo‘ldi. Mamlakat bosh terma jamoasining JCh—2018 yo‘llanmasidan ehtimoliy quruq qolishi yakunda kadrlar tayyorlash bo‘yicha professor, atoqli mutaxassis Rustam Akramovning umrbod futboldan chetlatishi bilan tugashi mumkinligi haqidagi va’dani eslatishning o‘zi kifoya. Bu kabi holat dunyo tajribasida hozircha kuzatilmagandi. Agar Akramov FIFA yoki OFK ahloq qo‘mitasiga shikoyat arizasi yozganida, bu tashkilotlar sanksiyasi bir muncha og‘ir bo‘lishi mumkin edi. Biroq professor bunday yo‘l tutmadi.

    Alisher Aminov, futbol mutaxassisi

    Alisher Aminov millionlar o‘yini uchun sarf etilayotgan pullar hisobli bo‘lishi kerakligi va federatsiya qoshida futbolchi hamda murabbiylarni yuridik tomondan himoya qiluvchi tashkilot tuzilishi kerakligiga urg‘u bergan.
    Qo‘mitalar faoliyati shaffof harakterga ega emas. Misol uchun O‘FFning moliyaviy hisoboti sir tutiladi. Hattoki, tashkilot a’zolarining o‘zi ham bu haqda yetarlicha ma’lumotga ega emas.

    Jiddiy savollarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan masalalarga yechim topishda yuridik organlarga ehtiyoj seziladi. O‘zbekistonda na futbolchilar va na murabbiylarning kasaba uyushmasi mavjud. Ularning huquqlarini himoya qilish esa muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z-o‘zidan futbolning asosiy sub’ekti bo‘lgan futbolchi va murabbiylarning qiziqishlari O‘FF tomonidan inkor etiladi. Natijada bu firqalar o‘z huquqini himoya qila olmaydi. Bundan foydalangan klub rahbarlari kelishuvlarni oson buzish imkoniyatiga ega. Chunki jabrlanuvchilar bu borada hech qayerga murojaat qila olmaydi.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Alisher Aminov, futbol mutaxassisi

    O‘zbekistonda xuddi Rossiyada bo‘lgani kabi futbol klublari davlat kompaniyalari yoki byudjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi. Masalan Rossiya futbol uchun har yili tahminan milliard yevro sarflaydi. Bu pullarning katta qismi futbolchi va murabbiylarning maoshi yoki transfer harajatlari uchun sarf etiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, klublarning o‘zi shu pulning 4 foizini ham ishlab topmaydi. Bu davlat pullari investitsiya emasligi, balki cheksiz tuynukka uchib ketayotgan yo‘qotish ekanidan dalolatdir.

    O‘zbekistonning professional klublari esa rossiyaliklardan 12 marta kamroq — tahminan 70 million yevro yillik xarajat qiladi. Biroq shuning 2 foizini ham ishlab topa olmaydi. Aniqrog‘i, klublar foydasi haqida so‘z ochib ham bo‘lmaydi. Nega shunday?

    A) Muxlislar futbolning pul keltirishi mumkin bo‘lgan sektori sifatida ko‘rilmaydi. Vaholanki viloyatlardagi ayrim stadionlarda muxlislar tashrifi qoniqarli;

    B) Futbolning media sohasidagi ulushi deyarli “0” ga teng. Klublar teletranslyatsiyalardan bir tiyin ham ishlab olmaydi;

    С) Xususiy sektorning futbolga e’tibori katta emas. Chunki bu yerda davlat moliyalashtiradigan sektorlar gegemonlik qiladi;

    D) Menejment sohasi deyarli ishlamaydi. Na O‘FF, na ligalar, na o‘quv muassasalari futbol menejerlarini o‘qitishning zamonaviy dasturidan foydalanadi. Malakali sport yuristlari hech bir oliy o‘quv yurtidan yetishib chiqmaydi.

    Shunday xulosa qilish mumkin: O‘zbekistonda professional futbol inqiroz ko‘chasida: ligalar rivojlanish yo‘lida emas, klublar qat’iy maqsad va vazifalar yo‘lida faoliyat olib bormaydi, ularning kirim va chiqimi orasida dahshatli farq ko‘zga tashlanadi hamda tinimsiz ravishda davlat ko‘magiga ehtiyoj seziladi. Natijada raqobatbardosh futbolchilar tarbiyalab berish vazifasi sifatli bajarilmaydi.

    Alisher Aminov, futbol mutaxassisi

    Alisher Aminov O‘zbekiston futbolini rivojlantirish yo‘lida quyidagicha takliflar bergan.
    O‘FFga zamon talablariga javob beradigan yaxlit futbol markazi kerak. Uning ichida eng hamida 8—10 ta maydon, tiklanish markazi, mutaxassislar tayyorlash markazi, mehmonxona kompleksi bo‘lishi shart. Chunki bu eng asosiy parametrlardir.

    Rossiya va O‘zbekiston futbolida yana bir umumiy muammo bor. O‘z vaqtida bu mamlakatlardagi ilmiy-metodik qo‘llanmalar jahonda eng ilg‘ori hisoblangan. Yaqin-yaqingacha Sobiq Ittifoq mamlakatlari shu qo‘llanmalardan foydalanib keldi, biroq zamonaviy mutaxassislar tayyorlash haqida hech kim o‘ylamadi. Masalan, Rossiyada ilmiy-metodik qo‘llanmalar chiqarish deyarli to‘xtadi. Chunki mamlakatda futbolni ilmiy-nazariy tomondan o‘rganadigan mutaxassislar qolmadi.

    Bu borada O‘zbekistonning yurishi anchagina yaxshiroq edi. Tan olish kerak, qolgan mamlakatlar bilan qiyoslaganda biz murabbiylar tayyorlashga nisbatan jiddiyroq e’tibor berdik. O‘quv kurslaridan yetishib chiqqan kadrlar borasida MDHning hech bir mamlakati O‘zbekiston bilan hisoblasha olmaydi. Biroq so‘nggi yillarda bu holatda ham oqsashlar kuzatildi.

    Endi ta’lim uchun investitsiya yo‘q, ilmiy-metodik yo‘nalish deyarli “o‘lik” holatda, federatsiya murabbiylarni o‘qitish uchun ularni xalqaro kurslarga yubormaydi, jahon darajasidagi mutaxassislar ishini federatsiya arzon baholaydi. Bu esa o‘zbek futbolini zamonaviy tendensiyalardan uzoqlashtirdi. Buning orqasidan malakali kadrlar yo boshqa ishga o‘tib ketdi yoki mamlakatni butunlay tark etdi.

    Alisher Aminov, futbol mutaxassisi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Futbol tahlilchisi maqolasining so‘nggida O‘FFga qo‘lidan kelgancha yordam berishga tayyor ekanini bildirgan.

    O‘zbek futboli har doim o‘z yuziga ega bo‘lgan. Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida bu mamlakatning bir qator futbolchilari to‘p surib, raqobatda yutib chiqqan: Gennadiy Krasnitskiy, Yuriy Pshenichnikov, Birodar Abduraimov, Vladimir Fyodrov, Mixail An, Vasilis Xadzipanagis kabi nomlarni eslashning o‘zi kifoya.

    Qaytarib aytaman, mamlakat futbolining rivoji O‘FF va ichki chempionat faoliyatining samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Hech bir jahon darajasidagi murabbiy unga millionlar to‘lagan taqdiringda ham milliy terma jamoa uchun natija qilib bera olmaydi, agar futbol tizimi va federatsiya faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa. To‘g‘ri, buning ichida alohida muvaffaqiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Biroq bu o‘zining tizimli harakteriga emas, balki kutilmaganlik holatiga ega bo‘lib qolaveradi.

    O‘zbekiston futbolini oyoqqa turg‘azish uchun qo‘limdan kelgan barcha yordamni berishga va bor kuchim bilan ishlashga tayyorman. O‘zbekiston — mening vatanim. Men shu yerda tug‘ildim, ulg‘aydim, ta’lim oldim. Rustam Akramov, Elmar Aminov, Gennadiy Krasnitskiy kabi insonlardan futbol asrorlarini o‘rgandim.

    Qaytarib aytaman, ish samarasi mamlakat rahbariyati futbolda jiddiy o‘zgarishlarni istagan taqdiridagina ko‘rinishi mumkin. Buni esa to‘g‘ri tushunmoq kerak.

    Alisher Aminov, futbol mutaxassisi

    30.01.2017, 16:22   Izoh (0)   21549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Useyn Bolt Pekin Olimpiadasi oltin medalini XOQga qaytardi

    30.01.2017, 11:24

    Aleppoda so‘nggi besh yildan beri birinchi marta futbol uchrashuvi o‘tkazildi (foto, video)

    30.01.2017, 00:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichkoning o‘g‘liga timsoh hujum qildi

    27.01.2017, 00:24

    Useyn Bolt termadagi sherigidan doping topilgani sabab Olimpiada oltinidan ayrildi

    25.01.2017, 21:44

    Irkutsklik sportchi ayol yo‘lovchilar to‘la tramvay vagonini siljitishga erishdi (video)

    23.01.2017, 12:00

    O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bitta g‘alaba bilan Twitter’ning jahon trendiga chiqdi

    19.01.2017, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.