Sudan sobiq bosh vaziri va “Al-Umma” muxolifat partiyasi yetakchisi Sodiq al-Mahdiy ikki yillik quvg‘indan so‘ng vataniga qaytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakatdagi uzoq yillik tarixga ega siyosiy partiyalardan birini boshqargan al-Mahdiy Sudanning 1986-yilda demokratik tarzda saylangan oxirgi bosh vaziri edi. 1989-yili harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatga kelgan amaldagi prezident Umar al-Bashir uni lavozimidan bo‘shatdi.
2014-yilda hukumat al-Mahdiyni qurolli guruhlar bilan til biriktirishda aybladi va o‘lim jazosi xavf solgani tufayli sobiq bosh vazir Sudanni tark etishga majbur bo‘ldi.
Siyosatchining mamlakatga qaytishi sabablari va shartlari ma’lum emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)