“Sport Ekspress”ning Correio da Manha nashriga asoslanib xabar berishicha, Madridning “Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2018-yilda va nihoyat oila quradi.
Ronalduning so‘nggi qallig‘i Jorjina Rodriges endilikda uning turmush o‘rtog‘iga aylanishi mumkin. Jorjinaga qadar qo‘l barmoqlari kamlik qiladigan darajada ko‘p qizlar bilan uchrashib yurgan Krishtinu Ronaldu bitta to‘xtamga kelgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining qaroriga uning onasi sabab bo‘lgan. Buyuk futbolchini dunyoga keltirgan onaga Jorjina yoqib qolgan.
Izoh (0)