Bahodir Po‘latov besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy sayti xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bu haqdagi buyruqni 2017-yil 23-yanvarda imzoladi.
“Gazeta.uz” yozishicha, Bahodir Po‘latov 2016-yil martidan Farg‘ona viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari, bungacha esa viloyat prokurori bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)