Gollivud aktyorlari va AQSh Demokratik partiyasi vakillari Nyu-York markazida miting o‘tkazib, Donald Trampga qarshi kurashish uchun ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Hill nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RBK”.
Respublikachilarning azaliy tanqidchisi rejissor Maykl Mur olib borgan aksiyada Robert de Niro, Mark Ruffalo, Alek Bolduin, shuningdek, Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazio chiqish qildi.
Bolduin o‘z chiqishida Donald Trampga qarshi yuz kunlik namoyishga chaqirdi. Mur esa milliarderni sotsiopat deb atadi.
Biz bu odamni to‘xtatamiz, u to‘rt yil boshqaruvni saqlab qola olmaydi.Maykl Mur, rejissor
Inauguratsiya — bu hammasi tugadi degani emas. Biz oxirigacha kurashamiz.Julianna Mur, Sher, Salli Fild ham mitingda ishtirok etdi.Bill de Blazio, Nyu-York meri
Prezidentlik saylovlarida Nyu-York aholisining 80 foizi Hillari Klinton uchun ovoz bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)