Detroyt avtosalonida namoyish etilgan Kia Stinger kompaniya tarixidagi eng tezkor model bo‘ldi. Mazkur avtomobil motorshouda namoyish qilingan seriyali mashinalar orasida eng yaxshi dizayn uchun sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ammo mukofotga ega bo‘lish mijozlar uchun kurashishdan farq qiladi. Axir Kia Stinger’ning jiddiy raqobatchilari bor. “Motor” nashri eng tezkor Kia’ning raqobatchilari haqida ma’lumot berdi.Kia Stinger
Mazkur modelning eng yaxshi varianti 3,3 litrli V6 biturbo motori bilan jihozlangan. Stinger’ning eng tezkor varianti 5,1 soniyada soatiga 100 kilometr tezlashadi.
Audi S5 Sportback
Kia Stinger’ning asosiy raqobatchilaridan biri – Audi S5 Sportback xetchbeki. Besh eshikli mashina 354 ot kuchiga ega bo‘lgan, dvigatel hajmi 3 litrga teng 6 silindrli motor bilan jihozlangan.
BMW 440i xDrive Gran Coupe
BMW 440i modeli 326 ot kuchiga teng bo‘lgan 3 litrli turbomotorga ega.
Mercedes-AMG C43
Mercedes-AMG C43 modeli 3 litrli V6 dvigateli bilan jihozlangan. Avtomobil 367 ot kuchiga ega.
Jaguar XE S
Kia Stinger’ning britaniyalik raqobatchisi – Jaguar XE S. Ushbu model 340 ot kuchiga ega 3 litrli V6 motori bilan jihozlangan.
Alfa Romeo Giulia
Stinger’ning Italiyada ham raqobatchisi bor. Bu Alfa Romeo Giulia. Yuqoridagi raqobatchilardan farqli o‘laroq ushbu avtomobil nisbatan kuchsiz.
Giulia 280 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 litrli turbomotor bilan jihozlangan. Mashina 5,2 soniyada soatiga 100 kilometrgacha tezlikka erishadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)