“Vaznim odamlarni oʻylantirayotganidan hayratdaman”. Ronaldo sobiq jamoadoshi Maykl Ouenning hazilini og‘ir qabul qildi

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo sobiq jamoadoshi Maykl Ouenning haziliga izoh berib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.

Foto: Twitter / @themichaelowen

Foto: Twitter / @themichaelowen

Maykl Ouen o‘z Twitter-sahifasida: “Qadrdon do‘stim Ronaldoni ko‘rmagunimcha, men anchagina vazn yig‘dim, deb o‘ylgan edim”, — deb yozib, sobiq jamoadoshi bilan doʻstona hazillashgan edi.

Biroq uning bu hazilini do‘sti tushunmadi.

Vaznim borasida bo‘layotgan munosabatlardan hayratdaman. To‘g‘risini aytsam, odamlarga tushunmayman, bu shunchalik muhimmi?

Ronaldo, sobiq futbolchi

Maykl Ouenning haziliga shuningdek, braziliyalik himoyachi Roberto Karlos ham fikr bildirib oʻtdi.

Bunday hazillarni yoqtirmayman. Ronaldo — mening eng yaqin do‘stim, bunday hazillarda ko‘proq ehtiyotkor bo‘lgan ma’qul. Ronaldoning vazni emas, uning qanday qalb egasi ekanligi muhim. U juda ham mehribon inson.

Roberto Karlos, sobiq futbolchi, murabbiy

Ma’lumot uchun, braziliyalik Ronaldo va angliyalik Maykl Ouen 2004—2005-yillarda Madridning “Real” klubida birgalikda to‘p surgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing