Rossiyaning Kabardin-Bolqor respublikasi qutqaruvchilari Elbrus tog‘i nishabligida, 5 kilometr tepalikda joylashgan jarlikka qulab tushgan turistni topdi. Bu haqda respublika favqulodda xizmati matbuot kotibi Kantemir Berov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Turist Moskva viloyatidan tashrif buyurgan, 1982-yili tug‘ilgan erkak edi. U yengil lat yegani bildirilmoqda.
Sayyoh tog‘ tepasida halokatga uchragani 3-dekabr kuni ertalabki soatlarda ma’lum bo‘lgan edi. Faqat kechki soatlarda qutqaruvchilar jabrlanuvchini topishga va uni jarlikdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Elbrusda 2006-yildan buyon rekord darajada sayyohlar halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)