Iroqda 2016-yil davomida ro‘y bergan turli qo‘poruvchilik harakatlari, to‘qnashuvlar va zo‘ravonlik oqibatida 7 mingga yaqin fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning Iroqqa ko‘mak berish bo‘yicha missiyasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“2016-yilda missiya jami 19,266 nafar jabrlanganlar va qurbonlarni qayd etdi. Gap 6,878 qurbon va 12,388 yarador haqida ketmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Qayd qilinishicha, missiya hisobotida 2016-yil may, iyul, avgust va dekabr oylarida Anbar viloyatida kuzatilgan zo‘ravonlik bo‘yicha raqamlar aks etmagan.
Izoh (0)