O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, 2017-yil 1-yanvaridan transport vositalari uchun benzin va dizel yoqilg‘isidan foydalanganlik solig‘i 130 so‘mga oshirilib, 1 litrga 465 so‘mni tashkil qildi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Soliq stavkasi oshganiga qaramasdan, benzinning chakana narxi, yil avvalida avtomobil haydovchilari guvoh bo‘lganidek, o‘zgarishsiz qoldi. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasidan “Gazeta.uz”ga izoh berilishicha, soliq benzinning oktabrda belgilangan yagona narxiga kiritilgan.
Ayni paytda, bir litr dizel yoqilg‘isi narxi yangilangan soliq stavkasi hisobga olinganida 130 so‘mga oshib, endilikda avvalgi 2245 so‘m o‘rniga 2375 so‘mni tashkil etmoqda.
Transport vositalari uchun suyultirilgan va siqilgan gazdan foydalanganlik solig‘i o‘zgarishsiz qolib, 230 va 275 so‘mni tashkil qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)