Ikkita Ford Mustang kupesi avtomobil shinasi yordamida eng yirik surat chizish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
“Pushti rang lenta”ni eslatuvchi – ko‘krak saratoniga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydigan xalqaro tashkilot va shaxslar belgisining surati 883,98 kvadrat metrni tashkil etdi.
Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgani haqidagi sertifikat Ford’ning BAAdagi dilerlari – AlJazirah Vehicles Agencies va AlJazirah Ford Racing kompaniyalariga taqdim etildi.
Shinalar yordamida suratni chizish uchun 45 daqiqa kerak bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Biroq suratni chizishda to‘xtovsiz drift amalga oshirilgani yoki surat tanaffuslar bilan chizilganiga aniqlik kiritilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)