Ayni vaqtda yuk mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Chexiyaning Tatra kompaniyasi yengil avtomobillar ishlab chiqarishga qaytmoqchi, deb xabar bermoqda Motor.
Tatra vakillari XX asrning ikkita klassik modellari – Tatra 87 va Tatra 600 Tatraplan’ning zamonaviy nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tatra 87 modeli 1936–1950-yillarda, Tatra 600 Tatraplan sedani esa 1946–1952-yillar davomida ishlab chiqarilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Tatra 87 va Tatra 600 klassik dizaynini saqlab qoladi, lekin manisha yangi platformali bo‘ladi. Bo‘lajak avtomobillar cheklangan miqdorda bo‘lib, bir necha o‘n ekzemplyarda chiqariladi va narxi 100 ming yevro atrofida bo‘ladi.
Yengil avtomobillarni qayta ishlab chiqarish bo‘yicha yakuniy qaror 2017-yilning birinchi yarmida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Tatra yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 1999-yilda to‘xtatgan edi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan oxirgi yengil mashina T700 bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)