Avstraliyaning Uluru-Kata Tyuta milliy bog‘ida joylashgan Uluru qoyasi kuchli yomg‘ir tufayli sharsharaga aylandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
26-dekabr, dushanba kuni bog‘ tashrif buyuruvchilar uchun yopildi, biroq bir nechta sayyohlar yomg‘ir vaqtida Uluruni tasvirga tushirishga ulgurdi.
Uluru-Kata Tyuta sahroda joylashgan. Shimoliy hudud meteorologiya stansiyasining ma’lum qilishicha, bunday kuchli jala bu joylarda 50 yilda bir marta yuz beradi.
Ob-havo yaxshi bo‘lgan paytlarda Uluruning ko‘rinishi quyidagicha:
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)