Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning “Mobile.de” portalida Mercedes-Benz Guard Pullman S600 (W140) limuzini sotulayotganligi haqida e’lon paydo bo‘ldi. Sotuvchining ta’kidlashicha, mashinadan Rossiya prezidenti Vladimir Putin foydalangan, deb yozadi Motor.

Foto: Motor

Foto: Motor

Zirhli Mercedes’ning narxi 1,3 million yevroni tashkil etmoqda.

1995-yilda chiqarilgan limuzin himoyaning B6/B7 klassi talablariga javob beradi. Bu uning “Kalashnikov” avtomati va snayper vintovkasi o‘qiga bardosh bera olishini anglatadi. Avtomobilni 400 ot kuchiga ega olti litrli V12 motori harakatga keltiradi. Bosib o‘tgan masofasi 25 ming kilometrni tashkil etadi.

Foto: Motor

Foto: Motor

2017-yilda “Kortej” loyihasining ilk atomobillari maxsus garajga keltirilishi kutilmoqda. Loyiha doirasida Rossiya siyosiy elitasi uchun sedan, yo‘ltanlamas, miniven va prezident uchun limuzin ishlab chiqarilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi