Germaniyaning Augsburg shahridan II jahon urushi vaqtidan qolib ketgan bomba topildi, deb xabar berdi “Chempionat”. Natijada shahar aholsining bombaga yaqin hududda joylashgan 54 ming aholisi evakuatsiya qilindi.
Bombani zararsizlantirish kerak edi. Uning ustida mingga yaqin ko‘ngillilar mehnat qildi, bir qator tashkilotlar shu boshog‘riq bilan band bo‘ldi.Yakunda 70 yildan ziyodroq vaqt davomida xavfli qurilma bo‘lib turgan bomba zararsizlantirildi. Shahar aholisi qatorida mahalliy “Augsburg” klubi ham buni quvonch bilan qarshi oldi.
“Turli organ vakillari bombani zararsizlantirish ustida birdamlik bilan ish olib borgani tahsinga loyiq. Ulardagi ahillik qoyil qoldirdi. Biz ularga minnatdorchilik sifatida barcha ko‘ngillilarni jamoamiz ishtirokidagi futbol uchrashuviga taklif qilamiz va 4 mingta chiptani tortiq etamiz”, — deb yozildi “Augsburg” klubining rasmiy sahifasida.
Ma’lumot uchun, Myunxenning yonginasida joylashgan Augsburg shahri jamoasi Bundesliga turnir jadvalida o‘sha Myunxen klubi kabi yetakchilik qilmaydi. 16-turdan keyin “Augsburg” 12-o‘rinni egallab turibdi.
Jamoa 21-yanvar kuni o‘z maydonida “Xoffenxaym”ni qabul qiladi. Raqib ortda qolgan turlar davomida birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan kuchli beshlikning “Real”dan keyingi ikkinchi vakili hisoblanadi.
Germaniya Bundesliganing deyarli barcha o‘yinida stadion muxlislar bilan to‘ladi. Yillik abonomentlarga talab katta ekani hisobga olinsa, 4 mingta chiptani tekinga tarqatish nemis futbolida e’tiborga arzigulik voqea sifatida qaraladi.
Izoh (0)