Gonkong aholisi shahar metrosida noodatiy yo‘lovchi — o‘ta egiluvchan erkakni uchratdi. Uning surati Facebook’dagi Gonkong Favqulodda vaziyatlar guruhida e’lon qilingan, deb xabar bermoqda Meduza.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, egiluvchan erkak oyoqlarini boshining ortiga qo‘ygan holda, g‘aroyib yoga holatlarini qabul qilgan. Guruhda qoldirilgan kommentlarda bu yo‘lovchini boshqalar ham ko‘rgani qayd etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu egiluvchan erkak metroda yoga holatlarini qabul qilish borasida Gonkongda yakka emas. Mana dalili:
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)