Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning doping namunalarida taqiqlangan preparatlar topilmadi. Bu haqda sportchining promouteri, Rossiya professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti Andrey Ryabinskiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TJournal.
“TASS”ning xabar berishicha, bokschining namunasida taqiqlangan preparat bo‘lgan, ammo uni diskvalifikatsiya qilish uchun yetakli miqdorda bo‘lmagan.
17-dekabr kuni Povetkinning kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi jangi oldidan topshirgan doping namunasida taqiqlangan modda aniqlangani haqida ma’lum qilingandi. Test natijasiga ko‘ra, rossiyalik bokschining namunasida SARM guruhiga kiruvchi Ostarin moddasi aniqlangandi.
Ushbu modda sportchilar tomonidan mashg‘ulotlarda qabul qilinadi. Natijada, Bermeyn Stivern o‘rniga ringga fransiyalik Yoann Dyuopa ko‘tarildi. Povetkin uni 6-raundda nokautga uchratdi.
Mazkur holatdan so‘ng Povetkin jamoasi “B” probaning ochilishini talab qildi. Unga ko‘ra, rossiyalik bokschining namunasida Ostarin moddasi 1 millilitrga 10 pikogrammni tashkil qildi. Bunday miqdordagi modda sport ozuqasi yoki umumiy ovqat orqali organizmga kirishi mumkin va diskvalifikatsiya uchun yetarli hisoblanmaydi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)