Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri talqini bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi 100 futbolchisi ro‘yxatida yetakchilik qildi.
Nashr versiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Barselona” yetakchisi Lionel Messi, uchinchi o‘rinni ega kataloniyaliklarning yana bir hujumchisi – Luis Suares egalladi.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, tegishli ravishda Antuan Grizmann (“Atletiko”), Neymar (“Barselona”), Garet Beyl (“Real”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Pyer-Emerik Obameyang (“Borussiya” Dortmund), Aleksis Sanches (“Arsenal”) va Riyad Mahrez (“Lester Siti”) kirdi.
The Guardian talqini bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar reytingi 45 mamlakatdan 124 nafar ekspertning ovozi yordamida aniqlandi.
Avvalroq 31 yoshli futbolchi Italiyaning La gazzetta dello Sport va Ispaniyaning Marca nashri tomonidan YChLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bundan tashqari, Ronaldu Britaniyaning Daily Mail nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2015/16-yilgi mavsumda “Real” bilan YChL g‘olibi, Portugaliya termasi bilan esa Yevro–2016 chempioniga aylangan Krishtianu Ronaldu France Football nashri tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofoti bilan taqdirlangandi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)