O‘z yurtiga qaytayotgan Janubiy afrikalik sayyoh Greyg Bennetayn Malavidagi aeroportga ichki kiyim va shippaklarda keldi, deya xabar bermoqda The Telegraph.
Sayyoh Malavidagi Nyas ko‘lida uyushtirilgan suzish bo‘yicha xayriya aksiyasida ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u zaxira kiyimlarini o‘zi bilan olishni unutib, aeroportga yarim yalang‘och tarzda kelishga majbur bo‘ldi.
Bundan tashqari, suzish aksiyasida ishtirok etgan boshqa qatnashchilar Bennetayn ichki kiyimda aeroportda namoyon bo‘lsa, xayriya uchun pul ajratishni va’da qildi.
Aeroportda erkakni politsiya xodimlari to‘xtatdi. Greyg Bennetayn bu ishni xayriya maqsadida amalga oshirayotganini ta’kidladi, ammo uning yonida buni tasdiqlovchi hujjat yo‘q edi. Natijada huquq-tartibot xodimlari sayyohni South African Airways aviakompaniyasining reysiga kiritmadi.
Bennetayn politsiyachilar u bilan do‘stona munosabatda bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, sayyohning aytishicha, uning bunday ko‘rinishi aeroportdagi odamlarning kulgusiga ham sabab bo‘lgan.
Va’da qilinganidek, Greyg Bennetaynning do‘stlari xayriya uchun 2,5 ming dollar ajratdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)