Taekvondo bo‘yicha sport ustasi britaniyalik Liza Dennis ayollar o‘rtasida 1 daqiqa davomida sindirilgan cherepitsa (tomga yopiladigan sopol)lar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.
Guinness World Records Italian Show teledasturida ishtirok etgan britaniyalik ayol 10 donadan taxlangan jami 923 dona cherepitsani 1 daqiqa ichida sindirishga muvaffaq bo‘ldi.
Dennis avvaliga ikki qo‘li yordamida plitkalarni sindira boshladi. U shu yo‘sinda cherepitsalarning uchdan ikki qismini yo‘q qildi. Qolgan vaqt davomida u faqatgina o‘ng qo‘lidan foydalandi. Shu sababli ham u rejalashtirilganidek 1 000 dona cherepitsani sindirishga ulgurmadi.
Shunga qaramay, u ayollar o‘rtasida cherepitsa sindirish bo‘yicha rekordchi sifatida qayd etildi. Erkaklar o‘rtasida xuddi shunday rekord uning turmush o‘rtog‘iga tegishli.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)