O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Ardus” (avvalroq “Olmaliq”) klubi o‘yinchisi Davron Choriyev Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Tartib-intizom qoidalari 66.1 bandini buzganligi uchun 1 500 dollar miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davron Choriyev OFK qarorini hurmat qilmagani uchun jazolandi. Futzalchi qaror e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida jarima to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Aks holda, Choriyev OFK Tartib-intizom qoidalari 66.1.1 bandiga ko‘ra 3 000 dollar miqdorida jarima to‘laydi.
Davron Choriyev yuqorida ta’kidlangan jarimani qondirmagan taqdirda, unga nisbatan choralar ko‘rilishi va futzalga oid faoliyatdan diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida rasman ogohlantirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)