Hidistonning Varanasi shahridagi Gang daryosi sohilida har kuni 100 ga yaqin jasadni yoqish jarayoni (krematsiya) bo‘lib o‘tadi. Mahalliy aholi uchun muqaddas hisoblangan Varanasi shahriga hindistonliklar shu yerda jon berish uchun atayin keladi. Hindistonliklar muqaddas shaharda krematsiya qilinganlar to‘g‘ri nirvanaga (turli azoblarsiz bo‘lgan holatga) kirishiga ishonadi.
Zamonaviy Varanasiga ko‘plab sayyohlar ham tashrif buyuradi. Ular shaharning turli tomonlarini – har kuni jasadlar yoqiladigan gulxanlar, xoklar tashlanadigan Gang daryosining muqaddas suvida yuvinish, gullarni iste’mol qilayotgan sigirlar va professional qashshoqlarni suratga olishga intiladi.
Shaharning aksariyat qismi, ayniqsa, krematsiya jarayoni bo‘lib o‘tadigan joylarni suratga olish taqiqlanadi. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda Varanasida olingan suratlar talaygina. Ba’zi sayyohlar shaharni suratga olish uchun pul to‘laganini, ba’zilari esa bildirmagan holda bu ishni amalga oshirishini ma’lum qildi.
TJournal dunyoning eng qadimiy shaharlaridan birida olingan suratlarni taqdim qildi.Shahar
Odamlar
Boshqalar
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)