Regbi bo‘yicha Italiya “C” seriyasi diorasidagi “Kasalmagiore” va “Valle Kamonika” klubilari o‘rtasidagi o‘yinda insoniylik fazilatlari namoyon bo‘lgan holat yuz berdi. Voqea haqida Metro hikoya qildi.
Hodisa Italiya shimolida sodir bo‘ldi. “Kasalmagiore” a’zosi Mikele Prevedello jarohat olganidan so‘ng uni shifoxonaga eltib qo‘yish uchun tibbiy yordam mashinasi keldi. Biroq shifoxona tomon yo‘l olishga otlangan mashina loyda tiqilib qoldi.
Shundan so‘ng har ikki jamoa a’zolari avtomobilni loydan chiqarishga ko‘maklashdi va tibbiy yordam mashinasi o‘z yo‘lida davom etdi.
Uchrashuv 27:25 hisobida jarohat olgan regbichining jaomasi foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindan so‘ng “Kasalmagiore” klubining Facebook’dagi sahifasida quyidagi murojaat paydo bo‘ldi.
“Mikele Prevedelloning ahvoli yaxshilanmoqda. U ko‘proq dam olishi kerak. Mavsum yakunida uni yana maydonda ko‘ramiz. Ajoyib va raqobatbardosh uchrashuv bo‘ldi. Eng asosiysi esa barcha tashvishlarni bir zumda unutish uchun yordam bergan ilhomlantiruvchi holat yuz berdi. Do‘stimiz ‘Valle Kamonika’ga rahmat!”, – deyiladi xabarda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)