Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining barcha divizionidagi klublar qishki yig‘inni Turkiyada o‘tkazishdan bosh tortdi. Bunga asosiy sabab sifatida mamlakatdagi nobarqaror siyosiy holat va teraktlar ko‘rsatilmoqda, deya ma’lum qiladi “Sports.ru”.
Xabarda ta’kidlanishicha, faqatgina bitta klub – uchinchi diviziondagi “Rot-Vayss” Turkiyaning Lara shahrida yig‘in o‘tkazadi. O‘tgan mavsumning o‘zida Bundesliganing yetti jamoasi Turkiyada yig‘in o‘tkazgan edi.
Qayd etish joiz, 2017-yilning 23-mart kuni Suriyaga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi 6-turiga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston terma jamoasi 2017-yilning 9–13-fevral kunlari Turkiyada yig‘in o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida Samvel Babayan qo‘li ostidagi jamoa Armanistonga qarshi 12-fevral kuni o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)