16-dekabr, juma kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi rasmiy sayti.
Xabar berishlaricha, sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Muhiddin Esanov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan, O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimi etib saylangan.
Ma’lumot uchun, bu so‘nggi ikki kun davomida O‘zbekistonda oltinchi viloyat hokimi o‘zgarishidir.
Avvalroq, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlariga yangi hokim tayinlangan, Samarqand va Navoiy viloyatlari hokimi o‘zgargan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)