Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha tenderni yutib oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “O‘zbekenergo” AJga tayanib.
Konsorsium 457 million dollar narx taklif qilgan holda “Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita quvvati 230—280 MVt bo‘lgan bug‘-gaz uskunalarini qurish” loyihasi uchun o‘tkazilgan xalqaro tender savdolarida g‘olib bo‘ldi. 2015-yilning dekabrida e’lon qilingan tanlovda Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiyadan jami 10 ta da’vogar qatnashdi.
G‘olib har biri 230—280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz uskunasini quradi, 1—2-blok va 3—4-navbatlarni demontaj qiladi.
Shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab stansiyani qurish va xizmatlarni bajarish (demontajdan tashqari) uchun berilgan vaqt 914 kun deb belgilangan.
Izoh (0)