Tajan kimoshdi savdo uyi Parijda italiyalik rassom Leonardo da Vinchining shu paytgacha noma’lum bo‘lgan, qiymati 15 million dollarlik kartinasini topdi, deb yozadi TJournal.
Amerikaning Metropoliten muzeyi kuratori Karmen Bambax uning haqiqiyligini tasdiqladi va bu g‘aroyib kashfiyot ekanligini ma’lum qildi.
Surat 12-dekabr kuni kimoshdi savdosiga taqdim etilgan. Kartinani otasidan meros sifatida olgan iste’fodagi fransuz vrachi uni savdoga qo‘ygan.
Unda avliyo Sebastyanning azob-uqubatlari aks ettirilgan. U haqda Leonardo da Vinchi “Atlantika kodeksi” manuskriptida eslatib o‘tgan.
Karmen Bambaxning so‘zlariga qaraganda, kartina 1482—1485-yillarga mansub bo‘lib, muallifning Milanda yashagan davriga to‘g‘ri keladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)