Xonanda Shahzodani Instagram tarmog‘ida kuzatib boruvchilar soni 1 million kishidan oshib ketdi. Bu O‘zbekiston shou-biznesida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Keyingi o‘rinda akstrisa Asal Shodiyeva borayotgan bo‘lib, uni 738 ming o‘quvchi kuzatib turadi. Bu bilan Asal turmush o‘rtog‘i Shohruxxondan taxminan 180 mingga o‘zib ketgan. 715 ming obunachisi bor bo‘lgan Rayhon kuchli uchlikni yakunlagan.
Lolaning Instagram’da 650 ming obunachisi bor, aktrisa Zarina Nizomutdinovada esa bu son 642 mingga yaqin. Shahzoda Muhamedova 608 ming, Shohruxxon 557 ming, Manzura 542 ming, Shahzoda Matchonova esa 520 ming o‘quvchiga ega.
Izoh (0)