• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    MSK Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi

    9-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolar o‘zining yuksak siyosiy saviyasi va fuqarolik pozitsiyasini hamda vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini namoyish etib, ovoz berishda faol ishtirok etdi. Fuqarolar ovoz berishda ishtirok etishi orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir karra ifoda etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqladi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, Sarvar Sadullayevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki 3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi.

    Shunday qilib, natijalarga asosan 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g‘olib chiqdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90, 117-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    Majlisda saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish huquqini ta’minlagan hamda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish tamoyillariga rioya qilgan holda bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini beshta xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora o‘tganining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi.

    Saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Prezident saylovini 615 milliy va 272 xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 315 ta xorijiy va milliy internet nashrlari yoritib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari tomonidan O‘zbekiston va chet elning 1 ming 400 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 180 ta matbuot anjumani va onlayn brifinglar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq 22 ming 700 dan ziyod maqola va axborot materiallari e’lon qilindi, ko‘rsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatildi.

    Majlisda qayd etilganidek, 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlar yo‘lida – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilish, xalq uchun erkin, tinch va farovon hayotni ta’minlash borasida yana bir ulkan qadam qo‘yganini, ta’bir joiz bo‘lsa, mustaqil taraqqiyotining yangi davriga kirib borayotganini yaqqol namoyish etdi.

    09.12.2016, 20:08   Izoh (0)   32741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbeklar uchun haqoratli deb topilgan “Eshak” reklamasi, Instagram’da “millioner”ga aylangan Shahzoda, Qoratoshdagi “chegirma tirbandligi” va kunning boshqa qiziq...

    09.12.2016, 20:04

    Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining virtual qabulxonasi ish boshladi

    09.12.2016, 15:25

    Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi ikki davlatning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi haqida maqola yozdi

    09.12.2016, 14:50

    UMS va Click birgalikda yangi innovatsion servisni ishga tushirdi

    09.12.2016, 11:49

    Tumanli shahardan chiroyli kadr: Toshkent teleminorasi

    09.12.2016, 11:05

    O‘zbekiston TIVda Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    09.12.2016, 10:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘n kunligida ajralgan xitoylik egizaklar haqiqatni bilmasdan eng yaqin dugonaga aylandi

    Qo‘ziqorin | 20 iyun, 11:34

    “O‘zbekistonda” 21-iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 11:25

    Sevimli multfilmlaringiz qahramonlari siz bilan birga ulg‘ayganida, qanday ko‘rinishda bo‘lardi?

    Layfstayl | 20 iyun, 11:19

    AQSH yaqin kunlarda Eronga zarba berishga tayyorlanmoqda — Bloomberg

    Dunyo | 20 iyun, 11:13

    “General Motors bilan tuzilgan shartnomalarga qatʼiy amal qilamiz” — Akmalxon Ortiqov UzAutoMotors qanday sotilishi haqida

    Iqtisodiyot | 20 iyun, 11:03

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi — manba

    Sport | 20 iyun, 10:50

    Sevgi uchburchagi va ehtiroslar jo‘sh urgan 5 ta turk seriali

    Kino | 20 iyun, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.